Saudiya Arabistoni hukumati 35 yil içida birinçi marta yana kinoteatrlarni oçadi, deb xabar bermoqda Associated Press. Bu yoş valiahd şahzodaning navbatdagi qarori bölib, u mamlakatni ijtimoiy qayta isloh qilişga yönaltirilgan.

11 dekabr kuni podşohlikda rezolyutsiya qabul qilindi, u tijoriy şakldagi kinoteatrlarga litsenziya olişga ruxsat beradi. Mamlakatda kinoteatrlar ötgan asrning 1980-yillarida kuzatilgan konservativ «tölqin» natijasida yopilgandi.

Valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud özini ijtimoiy özgarişlar tarafdori sifatida körsatmoqda. Xususan, uning taşabbusi bilan ayollarga avtomobilni haydaş böyiça qöyilgan taqiq bekor qilindi hamda podşohlikka konsertlar va köngiloçar tadbirlarning boşqa körinişlari qaytdi. Hukumat ma'lumotlariga köra, kinoteatrlar yana 2018 yilning martida oçiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni podşohligiga yetakçi da'vogarlardan biri sanalgan va korrupsiyaga qarşi suriştiruv işlari doirasida qölga olingan şahzoda Mutayib bin Abdulla 1 mlrd dollar evaziga ozodlikka qöyib yuborilgani xabar qilingandi.