GM Uzbekistan aksiz soliği tuşirilganiga qaramay, maşinalari narxini pasaytirmasligini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida e'lon qilingan xabarnomada aytilgan. Maşinalarning narx-navosiga oid uşbu xabarnomada aksiz soliq stavkasining özgarişi bilan narxlar tuşirilişi közda tutilmayotgani ta'kidlab ötildi.
Özbekistonda joriy yildan GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillari uçun aksiz soliği 5,4 barobarga kamaytirilgan. Oldin aksiz soliği 27 foizga teng bölsa, hozirda bu körsatkiç 5 foizni taşkil etadi.
Şunga qaramay, korporatsiya bu holat avtomobillar narxida aks etmasligini ma'lum qilmoqda. Xabarnomada bu çora kursdagi tafovut sabab xarajatlarning oşib ketişi qoplaşga xizmat qilişi ta'kidlangan.
«2017 yilning 5 sentabrida Vazirlar Mahkamasining «GM Uzbekistan AJ tomonidan işlab çiqarilayotgan mahsulotlar narxlarini şakllantirişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 701-sonli qarori imzolandi. Unga köra yengil avtomobillarning ulgurji va çakana narxlari Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil 31 avgustdagi kursi böyiça (4210,35 söm) qat'iy belgilab qöyildi. Valyuta kursining özgarişi GM Uzbekistan avtomobillarining Vazirlar Mahkamasining 701-sonli qarori bilan tasdiqlangan ulgurji va çakana narxlar hisob-kitobiga salbiy ta'sir körsatmasligi uçun GM Uzbekistan yengil avtomobillari uçun belgilangan aksiz soliq stavkasi 5 foiz etib belgilandi. Bu esa kursdagi tafovut sabab xarajatlarning oşib ketişi qoplaş va bu bilan avtomobillarning çakana narxlaridagi barqarorlikni ta'minlaş imkonini berdi.
Şunday qilib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 29 dekabrda «Özbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari töğrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan «GM Uzbekistan» avtomobillarining aksiz soliğining pasaytirilgan stavkasi 2017 yilning 5 sentabridan amalda qöllanib kelinmoqda. Öz-özidan kelib çiqadiki, aksiz soliq stavkasining özgarişi bilan narxlar tuşirilişi közda tutilmayapti», — deyiladi xabarnomada.

















