Tahririyatimizga «Avtotest-Report» MÇJning majburiy kurslarini ötaş va uning uçun pul tölaşdan norozi bölgan haydovçilar, asosan, litsenziya asosida mehnat qilayotgan taksiçilardan köplab qönğiroqlar, xatlar kelib turgan edi. Ularning istagi — asosan, bu yangi tizimni bekor qiliş, heç bölmasa öqitiş narxlarini pasaytiriş, çöntak kötaradigan qilişdan iborat bölib, ular buni tölovlar oğirlik qilişi, yuridik şaxs ixtiyoridagi maşinani korxonalarda bir neça kişi haydaşi va ularning barçasini öqitiş korxonalarga ham qimmatga tuşişi, ortiqça xarajatlar yuzaga kelayotgani bilan asoslab kelişayotgan edi.

Paradoksal vaziyat yuzaga keladi: kiçik korxona rahbarining şaxsiy va xizmat maşinasi bor. Bitta haydovçilik guvohnomasi bilan har ikkisini haydaşi mumkin. Lekin korxona hisobida turgan maşinani haydaganligi uçun faqat bir taşkilotga pul tölab öqişi kerak. Har ikki yilda!

Aynan «Avtotest» öqişlari tufayli lizingga va korxona hisobiga kreditga yoki töliq pul tölab avtomaşina sotib oliş fikridan voz keçganlar ham bor.

Boz ustiga, masalan, viloyatlardan biridan kelgan şikoyatlarda heç qanaqa innovatsion öqitiş ötkazilmayotgani, öşa-öşa yuriş-turişi şubhali öqituvçilar, öşa-öşa eski şablonlardan foydalanişayotganini izhor etişgan.

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida e'lon qilinişiça, vazirlik tomonidan avtotransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça «Avtotest» MÇJning monopol huquqlarini bekor qiliş böyiça Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda.

Loyihada haydovçilarni tayyorlaş va malakasi oşiriş faoliyati bilan şuğullaniş huquqini qonunçilikda belgilangan talablarga javob beradigan barça xöjalik yurituvçi sub'yektlarga beriş közda tutilmoqda.

Şuningdek, yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalari haydovçilariga örnatilgan malaka oşirişga oid talabni qisman bekor qiliş masalasi körilmoqda. Davriy ravişda haydovçilik malakasini oşiriş talabini faqat tijorat sifatida yölovçi va yuk taşiş bilan şuğullanuvçi şaxslarga nisbatan qoldiriş taklif qilinmoqda.

Bundan avvalroq «Kun.uz» naşrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi bir guruh deputatlari Vazirlar Mahkamasiga «Avtotest» masalasida sörov kiritişga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.