​7 may sanasi Özbekiston tarixida alohida yodda qolarli voqea va özgarişlar bilan muhrlanib qoladi. Gap şundaki, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oşirganlikda ayblangan jurnalist Bobomurod Abdullayev, öqituvçi va blogger Hayotxon Nasriddinov, işbilarmon Ravşan Salayev va Şavkat Olloyorov sud zalidan ozod etildi. Şuningdek, uç nafar sudlanuvçining jinoyat işiga aloqasi yöqligi tufayli, sud hukmi bilan töla oqlandi. Jurnalist Bobomurod Abdullayev esa axloq tuzatiş işlariga jalb etiladi, oylik maoşidan 20 foiz uluşni davlat daromadlariga ötkazilişi belgilandi.

Çetdan jarayonni kuzatgan inson ajablanib savol berişi mumkin: «Nahot, uşbu natija sizlarni bunçalik xursand qilsa?!», biz esa oydinlik kiritamiz: HA!

Ikki oy davom etgan sud işida bevosita iştirok etdim, sud majlisida sudlanuvçi, davlat ayblovçisi, advokat va guvohlarni, barça iştirokçilar kabi, tingladim. Odamzod eti junjikib ketar darajada voqealar batafsil aytib ötildi, sudya Zafar Nurmatov esa har bir holatni inobatga olib, Jinoyat-protsessual kodeksi normalari doirasida işni olib bordi. Avvalo sud majlisidagi muhitni sizga yetkazsam, unda mustaqil jurnalistlar, inson huquqlari himoyaçilari, xorijiy diplomatik vakolatxona vakillari, sudlanuvçilarning yaqin qarindoş va döstlari 60 kundan oşiq muddat davom etgan işni kuzatib borişdi.

Bobomurod Abdullayev. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Kutilmaganda davlat ayblovçisi Qobilovning sudlanuvçi Bobomurod Abdullayevga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasini tayinlaş haqidagi iltimosnomani qöllab-quvvatlaşi barçani hayratda qoldirdi. Şundan söng, birin-ketin şunday «noodatiy» işlar boşlandi: maqolalar yuzasidan lingvistik-mualliflik sud ekspertizasi qayta ötkazildi, sud tergov davrida sudya majlisga MXX tergovçi xodimlarini çaqirtirdi, ular körsatma berişdi, advokat Mayorov sudga kiritgan har bitta iltimosnoma uzoq soatlar mobaynida örganilib, atrofliça körib çiqilgaç,