SVOJJDLQK departamentining Şayxontohur tuman bölimi xodimlari tomonidan 2018 yil 19 may kuni tezkor tadbir ötkazilib, tadbirda Çilonzor tumanida joylaşgan “Avtotexxizmat” MÇJ xodimlari K. va B. “Lacetti” rusumli avtomaşina sotib oliş uçun avtomaşinaga şartnoma olib beriş evaziga fuqaro V.A.dan 900 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlanganlar.

Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan departamentning Toşkent şahar Şayxontohur tuman bölimi tomonidan “Avtotexxizmat” MÇJ xodimlariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda avtosalonlardan birining direktori qölga olingandi.