Toşkentning "Örikzor" bozoriga yaqin hududda  kuzatilgan kuçli şamol daraxt va elektr liniyalarining temir stolbalariga jiddiy zarar yetkazilgani hamda buning oqibatida poytaxtning köpgina dahalarida elektr energiyasida uzilişlar kuzatilgani töğrisida xabar, foto va videolar tarqalgan edi.

"Özbekenergo" AJ axborot xizmatining xabariga köra, uşbu hodisaga asl sabab kuçli şamol emas, balki yuqori kuçlanişli havo liniyasi temir tösinga yuk maşinasining kelib urilişi oqibatida bölgan. Hozirgi kunda hodisa oqibatlari töliq bartaraf etildi hamda elektr energiyasidan uzilgan hududlar töliq ta'minotga ega bölişdi.

Voqeaning asl sababçisi bölgan yuk maşinasi bu haqida heç kimga xabar qilmasdan hodisa joyidan yaşiringan. Hozirda undan yetkazilgan zararni undiriş hamda örnatilgan tartibda jazoga tortiş maqsadida tegişli tartibda qidiruv işlari ketmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar IIBB axborot xizmati xabarida Toşkent halqa yölining elektr temir ustuni ağdarilib tuşgan joyda elektr ta'minoti tiklangani aytilgan. Şuningdek, xabarda yuqori kuçlanişli elektr temir ustuni ob-havo şaroiti tufayli yölning qatnov qismiga ağdarilib tuşgani bildirilgandi.