Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Toşkent şahrida Puçon universitetini taşkil etiş töğrisida”gi qarori oliy ta'limga qöyiladigan umumiy e'tirof etilgan xalqaro talablarga muvofiq respublikada yuqori malakali oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlaşni taşkil etiş, mamlakat maktabgaça ta'lim muassasalarida köp yillar davomida oliy ma'lumotli pedagog va tarbiyaçilarning yetişmovçiligini töldiriş, innovatsion va xalqaro ta'lim muhitini şakllantiriş, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakçi oliy ta'lim muassasalari bilan uzoq muddatli samarali munosabatlarni yanada rivojlantiriş maqsadida qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan mamlakatning maktabgaça ta'lim tizimini yanada rivojlantirişning ustuvor vazifalari töğrisida bundan oldingi xabarda ma'lumot berildi.

Uşbu qaror amalga oşirilişi yakunlari böyiça quyidagi natijalarga erişiladi:

Birinçidan, maktabgaça ta'lim tizimini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlaş;

Ikkinçidan, respublika maktabgaça ta'lim tizimiga zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida öquv-tarbiya jarayonini taşkil etiş böyiça ilğor xorijiy tajribani joriy etiş, oçiq axborot-ta'lim muhiti rivojlanişiga kömaklaşiş;

Uçinçidan, ilğor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini,   ta'limning texnik va axborot vositalarini ta'lim jarayoniga samarali joriy etiş hamda uning xalqaro standartlar talablariga muvofiqligini ta'minlaş;  

Törtinçidan, respublikada maktabgaça ta'lim tizimi rivojlanişiga kömaklaşiş, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari, işlab çiqariş taşkilotlari, sanoat va infratuzilma tarmoqlari örtasida mustahkam özaro hamkorlik örnatiş;

Beşinçidan, pedagog kadrlarning malakasini oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, maktabgaça ta'lim muassasalari uçun darsliklar va öquv-metodik majmualarni işlab çiqiş,   maktabgaça ta'lim tizimida uzluksiz metodik ta'minlaşning normativ-xuquqiy bazasini mustaxkamlaş.

Uşbu qarorning amalga oşirilişi maktabgaça ta'lim tizimini oliy ta'lim sifatiga qöyiladigan umumiy e'tirof etilgan xalqaro talablarga muvofiq yuqori malakali pedagogik kadrlar bilan ta'minlaydi, innovatsion va xalqaro ta'lim muhitini şakllantiriş, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakçi oliy ta'lim munosabatlari bilan uzoq muddatli samarali munosabatlarni yanada rivojlantiriş imkonini beradi.