Respublika xotin-qizlar qömitasi ayollar bilan, u qanday xato qilib qöyganidan qat'iy nazar, bunday munosabatda bölişga mutlaqo qarşi. Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida şunday bayonot bilan çiqdi.
«Samarqandlik ayol bilan bölgan voqea - bu albatta, heç qaysi odob va ahloq qoidalariga töğri kelmaydi. Avvalo gap şu «erkak» tarbiyasining darajasi töğrisida bölişi kerak.
Bu holat mutlaqo içki işlar idoralari faoliyatiga daxldor emas, aksinça, bu nufuzli vazirlik öz saflarini nopok, qöpol xodimlardan tozalayapti.
Respublika xotin-qizlar qömitasi ayollar bilan, u qanday xato qilib qöyganidan qat'iy nazar, bunday munosabatda bölişga mutlaqo qarşi! Biz barça ayollarimizni himoya qiliş borasida öz faoliyatimizni olib bormoqdamiz. Hozirgi kunda oilada, mehnat jamoasida, köça-kuyda ayol zöravonlik qurboni bölsa, biz albatta uni himoya qilamiz.
Bu borada har bir tumanlarimiz va şaharlarda ayollarga yordam beradigan markazlar taşkil qilinmoqda, şu bilan birga zöravonlikning oldini olişga qaratilgan maxsus qonun yaratilişi ustidan ham iş olib borilmoqda.
Mazkur voqea barça xotin-qizlarimizning nafratini uyğotdi, buni ijtimoiy tarmoqlardagi qizğin muhokamalar körsatmoqda.
Biz Boş prokuratura tomonidan qözğatilgan tergov işi yakunlarini kutamiz va şu ayolning muammosi bilan albatta şuğullanamiz», deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid:
Kattaqörğonda gumondor ayolni tahqirlagan içki işlar organi xodimi böyiça rasmiy ma'lumot berildiBoş prokuratura bayonoti: Tahqirlangan ayol IIBning bir neça xodimi ustidan şikoyat qilgan

















