Özbekiston Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov boşçiligidagi işçi guruh Samarqand viloyati içki işlar organlari faoliyatini örganişda davom etmoqda. 

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi​ xabar berişiça, viloyatda yana ikkita tuman IIB boşliqlari iste'foga çiqarilgan.

«Faoliyatida tizimli kamçiliklarga yöl qöyib kelgani uçun Bulunğur tumani IIB boşliği, podpolkovnik Sodiq Abduhakimoviç Abduhakimov va Paxtaçi tumani IIB boşliği, podpolkovnik Xayrullo Ubaydullayeviç Abduhamidov egallab turgan lavozimidan ozod etildi», deyiladi xabarda.

Özbekiston Respublikasi Boş prokurori va Içki işlar vazirining qöşma farmoyişi asosida Prezident Devoni, Içki işlar vazirligi va Boş prokuraturaning mas'ul vakillaridan iborat tarkibda işçi guruhi tuzilib, ular tomonidan viloyat içki işlar organlarining joriy faoliyati mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarga qançalik muvofiq taşkil etilganligiga baho beriş maqsadida örganiş işlari boşlagan.​

«Içki işlar vaziri general-mayor Pölat Razzoqoviç Bobojonov boşçiligidagi işçi guruhi viloyatning Samarqand, Bulunğur, Jomboy, Kattaqörğon, Narpay, Paxtaçi va Iştixon tumanlari hamda Kattaqörğon şahrida bölib, har bir xodimning sohada amalga oşirilayotgan islohotlarning mohiyatini tölaqonli anglab yetganligi va ularni hayotga tatbiq etişda munosib hissa qöşayotganligi, fuqarolar bilan xuşmuomalada bölişi, şuningdek, xizmat faoliyati uçun yaratilgan şart-şaroitlar va yöl qöyilayotgan nuqson va kamçiliklarning tub sabablarini atrofliça örganmoqda.​

Ma'lum qilinişiça, Samarqand tumanida oila-turmuş doirasidagi kelişmovçiliklar töliq hal etilmaganligi sababli oğir tan jarohati yetkaziş, Kattaqörğon, Oqdaryo tumanlari va Kattaqörğon şahrida fuqarolarning mol-mulkini işonçli himoya qiliş işlariga alohida e'tibor qaratilmaganligi oqibatida uşbu hududlarda firibgarlik, talonçilik kabi jinoyatlar oşib ketgan.​

Şuningdek, viloyatning mutasaddi davlat idoralari, Yoşlar ittifoqi, Xotin-qizlar, «Mahalla», «Nuroniy» va boşqa jamoatçilik institutlari bilan uzviy hamkorlikni örnatişga lozim darajada e'tibor qaratilmaganligi sababli jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar Jomboy va Samarqand tumanlarida, ayollar jinoyatçiligi Kattaqörğon, Urgut va Tayloq tumanlarida, ilgari sudlanganlar jinoyati Bulunğur tumanida oşib ketgan», deyilgan IIV xabarida.​​

Bundan avvalroq vazir taşrifi davomida Kattaqörğondagi holat yuzasidan 7 nafar xodim, jumladan şahar içki işlar bölimi boşliği Ilyos Abduqahhorov va uning birinçi örinbosari Izzatillo Xöjamqulov içki işlar organlari xizmatidan böşatilgani