Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirildi.

Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi — «Özatom» taşkil etiladi.

«Özatom» agentligi:

Atom energetikasini rivojlantiriş va undan foydalaniş sohasida yagona davlat siyosati va strategik yönalişlarni işlab çiqiş hamda amalga oşiriş uçun mas'ul bölgan davlat boşqaruvi organi hisoblanadi;

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi;

Özbekiston Respublikasi davlat budjeti mablağlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa mablağlar hisobiga moliyalaştiriladi.

Quyidagilar «Özatom» agentligining atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:

Atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş sohasida davlat siyosatining ustuvor yönalişlari böyiça takliflar tayyorlaş, şu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqiş;

Özbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantiriş davlat dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş, atom energetikasi sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş uçun investitsiyalarni, şu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş;

Sanoat va ekologiya xavfsizligining xalqaro talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda, atom energetikasi obektlarini loyihalaştiriş, quriş va ulardan foydalaniş böyiça bitimlar va şartnomalar tuziş;

Atom fani va yadro texnologiyalarini rivojlantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-qidiruv, tajriba-konstruktorlik va innovatsion işlar loyihalarini tayyorlaş va amalga oşiriş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş;

Tadqiqot va energetika atom reaktorlari, yadro-fizika qurilmalari, yadro materiallari va radiatsiya manbalarini saqlaş, radioaktiv çiqindilarni kömiş punktlarining rivojlanişini va ularning xavfsiz işlaşini ta'minlaş;