Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimovning 2018 yil 1 avgustdagi qaroriga muvofiq viloyat hokimining yangi 3 nafar örinbosari tayinlandi.
Şu paytgaça viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlab kelayotgan Kamoliddin Qurbonov örniga Abdumajid Alibekoviç Nurqulov hokim örinbosari vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Qurbonov 2017 yildan buyon Samarqand viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari – Qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelayotgandi. Uning örniga kelgan Abdumajid Nurqulov Samarqand viloyatining 2010-2016 yillardagi hokimi, ayni vaqtda boş vazir örinbosari bölgan Zoyir Toyiroviç Mirzayev davrida ayni şu lavozimda işlagandi.
1 avgustga qadar Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Munis Voseyev örnida endilikda Botirjon Ötkiroviç Nurullayev faoliyat körsatadi. Voseyev 2016 yil 16 maydan buyon Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlab kelayotgandi. Botirjon Nurullayev 1969 yilda Toşkentda tuğilgan, 1990-1993 yillarda Samarqand şahridagi «Agroprombank»da turli lavozimlarda işlagan, 1993 yilda «Paxta bank»ning Samarqand viloyati bölimi boşliği bölgan, 1995-2001 yillarda «Zamin» bankining Samarqand viloyati filiali boşliği bölgan, 2001 yildan Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida işlay boşlagan, 2003 yilda şu bankda rais örinbosari bölgan. Uning keyingi faoliyati haqida ma'lumotlar yöq.
Şuningdek, Samarqand viloyati sobiq hokimi Turobjon Jörayevga nisbatan oçilgan jinoiy iş iştirokçilaridan biri, Samarqand viloyati hokimining Sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiya va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Ötkir Abdullayev işdan ketgan. U 13 iyul kuni yirik miqdordagi poraxörlik işi böyiça qölga olinganlar orasida bölgan, 14 iyul kuni esa unga qöllanilgan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi munosib xulq-atvorda böliş töğrisidagi tilxatga özgartirilgani munosabati bilan


















