Fransiyaning Groupe CIFAL kompaniyasi Özbekistonda atom energetikasini rivojlantirişga kömak beradi. Bu haqda “Özbekiston 24” kanali “Tahlilnoma” körsatuvida xabar qilingan.
 
Xorij kompaniyasi atom energetikasi sohasi böyiça özining texnologik yeçimi va mutaxassislarni tayyorlaş böyiça tajribasi bilan örtoqlaşişga tayyorligini bildirib ötgan.

CIFAL Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi bilan Özbekistonda atom stansiyasi quriş uçun texnik, savdo va moliyaviy muzokaralar olib borişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, kompaniya AESni quriş uçun uskunalar yetkazib berişga tayyor. 

Rossiya yurtimizda “3+” VVER-1200  zamonaviy avlod stansiyalarini qurişni taklif qilmoqda. “Rosatom”ning Bangladeşdagi xuddi şunday stansiyani quriş loyihasi taxminan 13 mlrd. AQŞ dollarini taşkil qilmoqda. Uning 11.3 mlrd. dollari Rossiya tomonidan davlat eksport krediti sifatida taqdim etilgan. 

AESning qurilişi 3.7 mlrd. kubometr tabiiy gazni tejaydi. Şu bilan birga, atmosferaga çiqadigan tabiiy gazdan hosil qilingan uglerod monoksit miqdori yiliga 3 mln. tonnaga kamayadi. 

Özbekiston hukumati Rossiyaga AES quriş uçun 10 ta maydonni körsatdi. Bular energiya tizimining markaziy (Toşkent viloyati) va şarqiy (Farğona vodiysi) qismlari, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo hududlaridir. 

“Rosatom” boşliği Aleksey Lixaçyov Toşkentga kelganida AES Navoiy viloyatida qurilişini aytdi.