Belaruslik mutaxassislar Özbekistondagi AES qurilişida bevosita iştirok etişga tayyor. Bu haqda Belarus Respublikasining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elçisi Leonid Mariniç ÖzA’ga ma'lum qildi.
Elçining ta'kidlaşiça, yadro energetikasi sohasidagi aloqalar özaro hamkorlikning yangi yönalişi bölişi mumkin.
«Belarus yaqin orada rossiyalik şeriklar bilan öz AESi qurilişini yakunlaydi. Birinçi energoblokni 2019 yilda, ikkinçisini 2020 yilda işga tuşiriş rejalaştirilgan», - deya qayd etib ötdi diplomat.
«Ma'lumki, Özbekiston 2028 yilgaça AES qurişni rejalaştirgan. Belaruslik loyihalaş va quriliş taşkilotlari atom energetika obektlarini quriş böyiça ma'lum tajribaga ega. Mamlakatimiz oliy öquv yurtlarida yurtimiz yangilangan energetika tarmoği uçun kadrlar tayyorlovçi yangi ta'lim yönalişlari oçildi», - deydi u.
Elçining bildirişiça, belaruslik mutaxassislar Özbekistondagi AES qurilişida bevosita iştirok etibgina qolmay, balki texnika va uskunalar bilan ta'minlaş, maslahat yordami körsatiş, kadrlarni öqitiş va malakasini oşirişni taşkil etişga ham tayyordir.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda tinç maqsadlarda foydalaniş uçun atom energetikasini barpo etişga kirişildi. Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda atom elektr stansiyasini quriş böyiça kelişuvga erişildi.
Mazkur kompleks 2ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt böladi. Atom elektr stansiyasi uçun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy energoblok tanlab olingan. Uni 2028 yilgaça işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Atom elektr stansiyasi barpo etilişi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta işlanib, yuqori qöşilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari işlab çiqariladi.


















