14 sentabr kuni «The Insider» naşri va «Bellingcat» tadqiqot guruhi Rossiya Federal migratsiya xizmati (FMS)Buyuk Britaniya hukumati tomonidan Skripallarga suiqasdda gumonlanayotgan Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirovga oid tekşiruvlarining birinçi qismini e'lon qildi. Tadqiqotçilarning sözlariga köra, ularning hujjatlaridagi belgilar ular Rossiya razvedka boşqarmasiga (GRU) aloqadorligini tasdiqlaydi.

«The Insider» va «Bellingcat» Federal Migratsiya xizmatining Petrov nomiga pasport beriş töğrisidagi ariza nusxalarini e'lon qildi. Hujjatni birinçi bölib qölga kiritgan «The Insider» naşri yozişiça, bu ma'lumotni Rossiya politsiyasidagi manbadan olgan.

Federal migratsiya xizmati bazasida Aleksandr Petrovning avvalgi pasporti, uning avvalgi hayoti, umuman «2009 yilga qadar bu dunyoda mavjud bölgani»ga oid ma'lumot yöq.

Petrovning arizasining ikkinçi tomoni - xizmat belgilari uçun möljallangan qismi töldirilmagan

Jurnalistlar hujjatda «ma'lumot berilmasin» («svedeniy ne davat») qaydi qöyilgani, bu muhrga qöşimça ravişda «mutlaqo maxfiy» (S.S. — soverşenno sekretno) belgisi qöyilganiga e'tibor qaratişgan.

«The Insider»ning qayd etişiça, bu yozuvlar Petrov maxsus xizmatlarga aloqadorligini körsatadi.

«Fontanka» naşrining aniqlaşiça, yölovçilarni röyxatdan ötkaziş töğrisidagi ma'lumotlarga köra, Boşirov va Petrovning xalqaro pasport raqamlari faqat bir raqam bilan farqlanadi — 1297 va 1294. Federal migratsiya xizmati bazasida har bir şaxsning xalqaro pasportga egaligi aks etadi, lekin u yerda Boşirov va Petrov haqida ma'lumot yöq. Petrov va Boşirovga Rossiya içki pasportlari Federal Migratsiya xizmatining 770001 raqamli Moskvadagi boşqarmasi tomonidan berilgan. Jurnalistlarning tasdiqlaşiça, bu boşqarmada oddiy fuqarolar emas, faqat huquq tartibot organlarining vakillari hujjat olişadi.

Pasport böyiça Petrov 1979 yil 13 iyulida Arxangelsk oblastida, Kotlas şahrida tuğilgan. Hujjatlarga köra, u 2007 yildan buyon Moskva viloyatining Çertanova tumanida istiqomat qilib keladi. Odatda migratsiya xizmati hujjatlarida «oddiy fuqarolar»ning içki va xorijiy pasportlarni olişi, xorijga safarlari, propiska haqidagi kabi muayyan ma'lumotlar qayd etiladi. Biroq Aleksandr Petrovning dosesi böm-böş.