Anqara AQŞning Eronga qarşi sanksiyalarini qöllab-quvvatlamaydi va uşbu mamlakat bilan savdo-sotiqni davom ettiriş niyatida. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğli «RIA Novosti»ga ma'lum qildi.
«Biz Eron, Rossiya va boşqalar bilan savdo qilişni davom ettiramiz. Turkiya suveren va mustaqil davlat sanaladi. Agar bu Birlaşgan Millatlar Taşkilotining sanksiyasi bölsa, biz unga qöşilamiz, aks holda - yöq», - deya ta'kidlab ötdi u.
26 sentabr kuni AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jon Bolton Qöşma Ştatlar bironta mamlakatga Islom respublikasiga qarşi sanksiyalarni çetlab ötişga imkon bermasligi, Vaşington esa «tajovuzkor va qat'iy tarzda» Tehronga iqtisodiy bosimni davom ettirişiga va'da bergandi. Bolton Bryusselning Eron bilan sanksiyalarni çetlab ötgan holda hisob-kitoblarni amalga oşiriş maqsadida moliyaviy mexanizmni taşkil etiş böyiça rejalariga izoh berib, «Yevropa ittifoqi gapda kuçli ekani, biroq öz bayonotlarini bajarişda kuçsizligini» qayd etib ötdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan yana AQŞni ayblagandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar butun dunyoni iqtisodiy uruşga tortmoqda.

















