AES qurilişiga ramziy start berilgan Jizzax viloyatidagi hudud ham salohiyatli maydonlardan biri sifatida e'tirof etilmoqda. KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi.
19 oktabr kuni Özbekiston Respublikasida birinçi AES qurilişi loyihasining amalga oşirilişini boşlab berişga bağişlangan tantanali marosim ötkazilgani haqida xabar bergan edik.
Tadbir bölğusi atom elektr stansiyasini quriş uçun maydon tanlaşda muhandislik tadqiqotlarining boşlanişini belgilab berdi. Quriliş loyihasi SSER-1200 rusumdagi reaktorlar bilan jihozlangan ikkita energoblokning qurilişini öz içiga oladi. Mazkur energobloklar 3+ avlodiga tegişli bölib, zamonaviy texnologiyalarning işonçliligini sezilarli darajada oşirgan holda, AEXAning zamonaviy xavfsizlik talablariga töla javob beradi.
Mahalliy aholi vakili, jizzaxlik nafaqaxör, oqsoqol Erkin Kazakov AES qurilişiga doir fikrlari bilan bölişdi.

"Atom elektr stansiyasining qurilişi Özbekistonni iqtisodiy rivojlantirişga juda katta hissa qöşadi. U energetika tizimidagi köp muammolarni hal qiladi, bu esa xalqimizning turmuş farovonligi oşadi, deganidir. Şuningdek, u juda köplab kişilarni yangi iş örinlari bilan ta'minlaydi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinning AES qurilişi loyihasiga start bergani biz uçun katta quvonç böldi. Boş vazir örinbosari Alişer Sultonov va "Rosatom" korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov qurilişga doir axborot berişdi va şu yerda ramziy start beriş marosimi ötdi. Albatta, buning bari davlatimizning rivojlanişi, aholi turmuş farovonligini oşiriş yölida xizmat qiladi", - deydi oqsoqol.
Erkin ota mahalliy aholi sifatida bu qurilişga qanday qaraşi, AES xavfsizligidan xavotir olayotgani yoki yöqligi haqidagi savolga quyidagiça javob berdi.


"Mahalliy aholi sifatida bunga juda ijobiy qarayman, odamlar buni quvonç bilan qabul qilişdi. Uşbu AES eng zamonaviy texnologiyalarda işlaşi uning xavfsizligidan xavotir olmaslikka sabab böla oladi. Barçamiz "Rosatom"ning atom elektr stansiyalari jahonda yetakçi ekanini yaxşi bilamiz. Bu AES bizni yuz yillab xizmat qiluvçi uzluksiz, barqaror va hamyonbop elektr energiyasi bilan ta'minlaydi",



















