Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan Milliy matbuot markazida tashkil etilgan brifingda Umraga doir kvota bekor qilinganini e'lon qildi. Qolaversa, endilikda, Haj va Umraga boruvchilarga Makka shahrida 4 yulduzli, Madinada 5 yulduzli mehmonxonalar xizmat qilishini bildirdi.
Ma'lumki, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda sayyohlik firmalariga Umra ziyoratini tashkil etishlariga ruxsat berish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita shunday faoliyat bilan shug‘ullanayotgan ayrim turfirmalariga Haj va Umra safarlarini tashkil etmaslikni tavsiya etayotgani haqida fikrlar keng muhokama qilinmoqda.
Video: TasIX
Youtube'da ko‘rish
Mover.uz'da ko‘rish
Mavzuga doir:
O‘zbekistonda Umra safari bo‘yicha kvotalar olib tashlandi. Yangi narxlar e'lon qilindiUmra mavsumini yil davomida tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi
O‘zbekistonda Haj va Umra qiluvchilarni tayyorlovchi seminar-treninglar tashkil etiladi
Umraga voyaga yetmagan oila a'zolari bilan borishga ruxsat berish ustida ish olib borilmoqda2019 yili 3000 o‘zbekistonlik Hajda bepul mehmonxonalarga joylashishlari mumkin















