Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Donbassdagi vaziyatni hal qiliş böyiça muloqot guruhidagi Kiyevning rasmiy vakilini özgartirdi. Bu haqda TASS mamlakat Oliy radasi birinçi vitse-spikeri Irina Geraşçenkoga asosan xabar qildi.

Ta'kidlanişiça, mamlakat sobiq prezidenti Leonid Kuçma örniga bu lavozimga sobiq boş vazir, Xavfsizlik xizmati sobiq rahbari hamda Ukraina sobiq mudofaa vaziri Yevgeniy Martuk tayinlangan.

«U Minsk muzokaralari muammosini juda yaxşi biladi va Ukraina milliy manfaatlarini qat'iy himoya qiladi», - deya qayd etib ötdi Geraşçenko.

Ta'kidlanişiça, bundan oldin u Ukrainaning Muloqot guruhi xavfsizligi böyiça kiçik guruhida vakili bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenkoning vakili Putin Ukrainada beqarorlikni yuzaga keltirmoqçi ekanini aytgandi.