Samarqand viloyatida paxta yetiştiriş sohasi 2019 yildan töliq klasterlarga beriladi. Kun.uz muxbiri xabar berişiça, bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqand şahrida xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi vaqtida aytib ötgan.

«Hududlarda ahvol qiyin. Vaziyatni yaxşilaş uçun tumanlarga investitsiya kirişi kerak. Mahalliy budjetda pul bölişi kerak. Iştixonda aholining yaşaş şaroitlari qaçon yaxşilanadi? Tumanda katta-katta korxonalar oçilsa, mahalliy budjetga pul tuşsa. Şunda yöl ham tuzaladi, şifoxona ham, maktab ham böladi, svet ham böladi, kömir ham böladi. Hammasi böladi. Lekin biz 27 yil mahalliy budjetga bir tiyin pul bermay kelganmiz. Men ham Samarqandga hokim bölganman, köp harakat qilardik, qöşimça ham işlardik, lekin pul berilmasdi. Işlagan ham bir darajada, işlamagan ham bir darajada edi. Bunaqada, raqobat bölmasa, rivojlaniş bölarmidi?

Endi qonunni özgartirdik. Respublika böyiça 5,5 trln söm mahalliy budjetlarga qoladigan böldi. Pul bölsa, rivojlaniş böladi.

Hali bu birinçi qadam. Odamlarda hali muammo juda köp. Uylar qurilişi kerak, yöllar talab darajasida emas. Maktablarda parta yöq, odamlarning tomidan suv ötib yotibdi, svet yöq. Bularga köz yumib bölmaydi.

3-4 yil şu tarzda işlaşimiz kerak. Tumanlarga taşqaridan investitsiya olib kirib, işçi örinlari qilsak, şunda budjetga pul tuşadi. Paxta qilaman, ğalla qilaman deb ötirsak bölmaydi.

Samarqand viloyatida paxtani 100 foiz klasterlarga topşiramiz.

Paxta yetiştiriş xususiy böladi. Paxta zavodiyam öziniki böladi, yoğ zavodiyam öziniki böladi. Şunday qilmasak, iqtisodiyotni joyiga qöya olmaymiz.

Men qança vaqt hokim bölgan bölsam, faqat paxta bilan şuğullanganman. Faqat paxta.

Endi hokimlar ijtimoiy soha bilan, aholining turmuş darajasini yaxşilaş bilan şuğullanadi», deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabr oyida prezident Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi çoğida paxtaçilikda jiddiy kamçiliklarga yöl qöyilganini tanqid qilgan 2019 yilda viloyatda paxta yetiştirişni 52 foiz maydonda klaster usuliga ötkaziş, tayyor mahsulotlar eksportini ikki barobar oşiriş vazifasini qöygandi.