Boş prokuratura «Özmetkombinat» AJ sobiq rahbariyatiga qarşi tergov olib bormoqda, deya tasdiqladi Kun.uz’ga mahkama matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova.
«Kombinatning sobiq mansabdor şaxslariga nisbatan tergov olib borilmoqda, yangilari böyiça jinoiy ta'qib yöq», - dedi u.
Kuni keça korxonaning özi qator elektron OAVda kompaniya xodimlari qölga olingani, şuningdek, öğirlik va rastrata aniqlangani haqida e'lon qilingan xabarlarni rad etdi.
«Maqolalarda bildirilişiça, kombinatning xaridlar böyiça menejyeri O.R. 2019 yilning yanvar oyi boşida katta miqdorda öğirlik va rastratada ayblanib işdan böşatilgan. Bu fakt yolğon. Xaridlar böyiça boşqarma boşliği Otabek Rasulov hali ham avvalgi lavozimda işlamoqda. Kombinat va SFI Management Group işonçli boşqaruviga O.Rasulov tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilgani töğrisida, jumladan, huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan biror-bir fakt, murojaat yoki ma'lumot kelib tuşmagan», - deya xabar berişgan Kun.uz’ga korxonadan.
«Özmetkombinat» respublikada qora metallurgiya sohasida yetakçi korxona hisoblanadi. 2019 yilda uning taşkil etilganiga 75 yil töladi. 2017 yil iyulida kombinatning ustav kapitalidagi davlat uluşi işonçli boşqaruvçisi sifatida SFI Management Group xorijiy kompaniyasi jalb etildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Özmetkombinat» obektlaridan samarali foydalaniş böyiça qaror qabul qilingandi.

















