23 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi tomonidan matbuot anjumani ötkazildi. Anjumanda keyingi öquv yillarida oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlari uçun kutilayotgan özgarişlar haqida ma'lumot berildi.
Joriy yilning 15 fevral kuni regulation.gov.uz portaliga «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun joylaştirilgan edi.
Mazkur qaror loyihasiga köra kiriş imtihonlarida bir neça keskin özgarişlar bölişi kutilmoqda. Bu özgarişlarning zarurati va amalga oşiriliş tartibi yuzasidan Davlat test markazi rahbariyati bayonot berdi.
«Hujjat topşiriş uçun poytaxtga keliş şart emas»
DTM rahbariyatining aytişiça, oliy ta'lim muassasalarining aksariyati poytaxtda joylaşgani bois öqişga hujjat qabul qilinadigan hamda imtihon ötkaziladigan yoz oylarida abituriyentlar Toşkent şahriga qatnaşga majbur bölardi.
Endilikda abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan ortiqça ovoragarçilik va xarajatlarning oldini oliş maqsadida ularning yaşab turgan manzilidagi Davlat xizmatlari markazlari orqali barça OTMlarga hujjat qabul qiliş yölga qöyiladi. Bu xizmat uçun 10-20 ming söm atrofida tölov undirilişi mumkin.
DTM direktor örinbosari Qahramon Haqberdiyevga köra, davlat xizmatlari markazlari hujjatlar qabulining işonçliligini, himoyalanganligini öz böyniga oladi.
Şuningdek, abituriyent tomonidan tanlanayotgan ta'lim muassasasining joylaşgan hududidan qat'i nazar, özi yaşab turgan hududda test sinovlarida iştirok etişi ham qaror loyihasiga kiritildi. DTM rahbariyati bu işlar qanday taşkil etilişi yuzasidan aniq ma'lumot bildirmadi.
«Stajga ega» abituriyentlar imtihon uçun pul tölaydi
Qaror loyihasiga köra, joriy öquv yilida oliy ta'lim muassasasiga kiriş imtihoni uçun eng kam iş haqining bir baravari miqdorida tölov qilinişi amaliyotga kiritiladi.

















