Toşkent şahrining Beşyoğoç köçasi böylab harakatlaniş çeklanişi 31 martga qadar davom etadi. Bu haqda Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

«Hurmatli hamşaharlar va poytaxtimiz mehmonlari!

Avval xabar berganimizdek, poytaxtda «Humo Arena» muz saroyi qurilişi munosabati bilan Beşyoğoç maydonining Furqat köçasidan - Afrosiyob köçasigaça bölgan masofada transportlar harakati çeklanişi 31 martga qadar uzaytirildi. Quriliş va maxsus texnika transportlari bundan mustasno.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uçun poytaxt ma'muriyati uzr söraydi», deyilgan xabarda.

«Humo Arena» muz saroyi 15 mart kuni oçiladi, oçiliş marosimida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etadi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabrida «Humo Arena» kompleksi qurilişi munosabati bilan barça turdagi avtomobillarga 2018 yilning 17 dekabridan 2019 yilning 1 martiga qadar Beşyoğoç köçasining Furqat köçasidan Afrosiyob köçasiga qadar harakatlaniş çeklangandi. 

Qayd etiş kerakki, Toşkentda Humo Arena köp tarmoqli muz saroyini quriş işlari 2017 yilning fevralida boşlangandi. Quriliş işlari reja böyiça 2018 yilning 31 dekabrigaça yakunlanib, inşoot foydalanişga topşirilişi kerak edi. Ötgan yilning avgustida ham Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati «Humo Arena» muz saroyi 2018 yil oxiriga qadar işga tuşirilişi haqida xabar bergandi. 2018 yil oxirida quriliş işlari yakuni keyingi yilning bahorigaça keçikişi ma'lum bölgandi.