Özbekiston kapital bozorini rivojlantiriş agentligi 2019 yilda aksiyalarini dastlabki ommaviy joylaştiradigan (IPO) davlat kompaniyalari röyxatini tuzdi. Bu haqda agentlik direktorining birinçi örinbosari Asqar Obidov ma'lum qildi. 

«Korxonalarning aniq röyxati tuzildi. Biz yil oxiriga qadar 10tadan kam bölmagan kompaniya IPO jarayonini ötkazişini kutmoqdamiz. Heç bölmaganda - olti kompaniya», – dedi u kapital bozori vakillari bilan town hall meeting uçraşuvida.

Uning sözlariga köra, bular «investorlar uçun haqiqatan talabgir va qiziqarli aksiyalar paketi»dir. Obidov aynan qaysi kompaniyalar ekanligini ma'lum qilmadi.

Özbekiston tarixida ilk bor tajriba tariqasida «Kvars» AJ 2017 yil dekabrida «Toşkent» fond birjasida IPO ötkazgandi.  

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev qaroriga muvofiq, Özbekiston metallurgiya kombinati (Özmetkombinat), Olmaliq va Navoiy toğ-metallurgiya kombinatlari yaqin yillar içida IPO ötkazişi lozim.  

IPO (inglizça - Initial Public Offering) aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini çeklanmagan miqdordagi şaxslarga dastlabki ommaviy sotişni bildiradi.