Vazirlar Mahkamasining Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar komissiyalari faoliyatining samarali taşkil etilişini ta'minlaş maqsadida farmoyişi qabul qilindi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşining “Özbekiston Respublikasining fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) sayloviga oid qonun hujjatlari töplami”ni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” huquqiy axborot markazi” davlat unitar korxonasida çop etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq töplamni çop etiş xarajatlari uçun zarur mablağlarni Vazirlar Mahkamasining zaxira jamğarmasi hisobidan ajratilişini ta'minlaydi.

“Özbekiston Respublikasining fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) sayloviga oid qonun hujjatlari töplami”ning fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar komissiyalari böyiça taqsimoti tasdiqlandi.

Bundan oldin, Özbekistonda mahalla raislari sayloviga tayyorgarlikda qator kamçiliklar mavjudligi ma'lum bölgandi.