Haydovçini avtomobil çiroqlari haqidagi sözlari uçun töxtatgan patrul-post xizmati (PPX) xodimi hayfsan oldi.
Avvalroq, internetda PPX xodimi iştirokida yuz bergan voqea tasvirlangan video tarqaldi. IIBB matbuot xizmatidan Kun.uz’ga xabar berişlariça, hodisada iştirok etgan xodim Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi tizimidagi PPX brigadasida işlaydi.
«Qonun barça uçun barobar. Hamma xodimlar kunduzgi vaqtda yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoqib yurişi şart», - deya ta'kidlab ötişgan matbuot xizmatida.
Şuningdek, ma'lum bölişiça, hodisadan söng şaxsiy tarkib bilan suhbat ötkazilgan, unda xodimlarga fuqarolar bilan qöpol muomalada bölişga yöl qöyilişi kerak emasligi tuşuntirilgan. Haydovçini töxtatgan PPX xodimiga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.
«PPX brigadasining barça şaxsiy tarkibi qöpol munosabatda böliş borasidagi har bir holat böyiça ta'sir çoralari qöllanilişi haqida ogohlantirildi», - deya qayd etib ötişdi IIBB vakillari.
Bundan taşqari, xodimlarga yöl harakati qoidalariga rioya qiliş, şu jumladan, yaqinni yorituvçi çiroqlar yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib yuriş haqida yana bir bor eslatilgan. Xodim yöl harakati qoidalarining buzilişi uçun qaysi holat va şaroitlarda jazoga tortilmasligi ham bildirib ötilgan.


















