Xalqaro armiya öyinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida iştirok etiş uçun navbatdagi harbiy delegatsiyalar “Foriş” poligoniga kelib joylaşdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.
26 iyul keçasi Myanma davlatidan kelgan mehmonlar kutib olingan bölsa, 27 iyul erta tongida Rossiya, Armaniston va Angola davlatlarining harbiy delegatsiyalari belgilangan manzilga yetib keldi.
Myanma davlatidan 17 nafar, Rossiya Federatsiyasidan 31 nafar, Armanistondan 18 nafar hamda Angoladan 9 nafar mehmon dastlab tibbiy körikdan ötkazilib, şundan söng poligonda yaratilgan şaroitlar bilan tanişib çiqdi.









Musobaqa oldidan mehmonlar uçun Samarqand şahrida joylaşgan diqqatga sazovor qadamjolar böylab ekskursiya ötkazilişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, keça, 26 iyul kuni Vetnam harbiy delegatsiyasi tanlovda iştirok etiş uçun birinçi bölib yetib kelgandi
















