Hukumatda köplab özgarişlar yuz berdi. Birdaniga bir neçta lavozimlarda sodir bölgan özgarişlar odamni çalğitib yuborişi tabiiy. Keling, hukumatdagi «rokirovkalar» qaysi yönalişda amalga oşirilganiga nazar solamiz.

Vazir endi kadrlar böyiça maslahatçi

Şerzod Qudbiyev

Şu vaqtgaça Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida işlab kelgan Şerzod Qudbiyev prezidentning davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlandi. Ya'ni, endilikda sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri prezidentga kadrlar masalalari böyiça maslahatçi böldi.

Ma'lum bölişiça, şu vaqtgaça Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi deb özgartirilgan. Bu lavozimni tuşuniş oson bölişi uçun kadrlar böyiça prezident maslahatçisi deb ataş mumkin.

Şu örinda vazirning prezident maslahatçisi bölişi kötarilişmi yoki tuşiş degan savol paydo böladi. Vazirda vakolatlar kengroq ekanini inobatga olsak, bu albatta ortga qadam, ammo kadrlar böyiça maslahatçining vazifasi juda muhimligi Qudbiyev hamon hukumatning yuqori böğinida kerakli şaxs bölib qolganini anglatadi.

Darvoqe, Qudbiyevga kadrlar zaxirasi böyiça sobiq maslahatçi Umar Sapayeviç Ismoilov örinbosar bölgan. Şerzod Qudbiyevning birinçi örinbosari esa Qahramon Quronboyev böldi. Umar Ismoilov özi rahbar bölgan bölimda endilikda örinbosar bölib işlaşi nimani anglatişini tuşuniş esa qiyin emas, bizningça.

«Eng yulduzli» ketiş

Qahramon Quronboyev

Yaqin bir neça soatlar içida sodir bölgan özgarişlarning eng şov-şuvlisi, şubhasiz Qahramon Quronboyevning Yoşlar Ittifoqi raisligidan ketgani böldi