Toşkent şahrining Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlanadi. Kun.uz manbasi xabar qilişiça, bugun, 11 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan videoselektorda Nozim Husanov vazir lavozimiga tayinlanişi haqida aytilgan.
U bu lavozimda 2018 yilning aprelidan 2019 yilning avgustigaça işlagan, 29 avgustida prezident maslahatçisi lavozimiga ötgan Şerzod Kudbiyev örnini egallaydi.
Endi Nozim Husanov nomzodi yangi amaliyotga muvofiq Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga taqdim etiladi va deputatlar uning nomzodini ma'qullaşganidan keyin prezident uni lavozimga tayinlaş töğrisidagi qarorini imzolaydi.
Nozim Husanov 1976 yil Toşkent viloyatining Zangiota tumanida tuğilgan, 1997 yilda Toşkent avtomobil-yöllar institutini, 2002 yilda Toşkent moliya institutini (sirtqi bölim) tamomlagan.
U 2010—2011 yillarda Markaziy bank Toşkent viloyati boş boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat olib borgan, 2011—2013 yillarda Markaziy bank raisi örinbosari, 2013—2014 yillarda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boşqaruvi raisining birinçi örinbosari, 2014—2016 yillarda «Mikrokreditbank» oçiq aksiyadorlik-tijorat banki boşqaruvi raisi bölgan, 2016 yilning bahoridan 2018 yil bahorigaça, Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlangunigaça Toşkent şahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantiriş, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan.
Ma'lumot uçun, Nozim Husanov yaqinda Özbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi arafasida prezident tomonidan «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangandi.













