Rossiyaning Yekaterinburg şahri mezbonlik qilayotgan boks böyiça jahon çempionatining töqqizinçi kunida Özbekiston boks terma jamoasining yana ikki vakili çorak finalga çiqdi.

Özbekison şarafini -57 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Miraziz Mirzaxalilov 1/8 finalda marokaşlik Muhammad Hamutga qarşi bahs olib bordi.

Raqibiga qaraganda kuçli va aniq zarbalar yöllay olgan Mirzaxalilov uşbu bellaşuvni öz foydasiga hal qildi (4:1) va çorak final yöllanmasini qölga kiritdi. U keyingi bosqiçda Kayrat Yeraliyev (Qozoğiston) va Butdi Çatçai (Tailand) juftligi ğolibi bilan töqnaş keladi.

Şuningdek, -69 kilogramm vazn toifasida Bobousmon Baturov amerikalik Delante Jonsonga qarşi bahs olib bordi. 3 raund yakuniga köra Bobousmon Baturov musobaqani davom ettiradigan böldi (5:0). Endi u çorak finalda Bayarxu Ganbatar (Möğiliston) va Ziyad Eyşaş (Iordaniya) juftligi ğolibi bilan kuç sinaşadi.

Bungaça Özbekiston boks terma jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Şahobiddin Zoirov qirğizistonlik Azat Usenaliyevni yengib, çorak final yöllanmasini qölga kiritgandi.