Rossiyaning Yekaterinburg şahrida bölib ötayotgan boks böyiça jahon çempionatida Özbekiston boks terma jamoasi yana bir oltin medalga ega böldi.
Turnirda -57 kg vazn toifasida iştirok etgan Mirazizbek Mirzaxalilov kubalik Lazaro Alvares Estradani mağlub etib, jahon çempioniga aylandi.

Murosasiz jangning 2-raundi ötib borayotgan paytda kubalik boksçi jarohat oldi va şifokorlar Alvaresga jangni davom ettirişga imkon berişmadi. Şu paytgaça bölgan oçkolar hisob-kitobi böyiça Miraziz Mirzaxalilov ustun keldi.

Qayd etiş kerakki, Estrada 3 karra jahon çempioni hisoblanadi, u 2011 yili Bokuda, 2013 yili Olma-otada, 2015 yil Dohada ötkazilgan jahon birinçiliklarida birinçi bölgan. Bundan taşqari, u 2012 yilgi London olimpiadasida va 2016 yilgi Rio-de-Janeyro olimpiadasida sovrindor bölgan.

Mirazizbek Mirzaxalilov turnirdagi iştirokini 1/16 finalda braziliyalik Duglas de Andradeni mağlub etiş bilan boşlagandi. U keyingi bosqiçlarda marokaşlik Muhammad Hamut, qozoğistonlik Qayrat Yeraliyev va möğulistonlik Tsenbataar Yerdenebatni mağlubiyatga uçratib, finalga yetib kelgandi.

















