Turkiya Içki işlar vaziri Sulaymon Soylu çorşanba kuni CNN Türk telekanalida çiqiş qilib, jurnalistlar savollariga javob berdi. Dasturda bir neçta mavzular qatorida Nodira Qodirova işi böyiça ham savol berildi.
Eslatib ötamiz, 1996 yilda tuğilgan jizzaxlik Nodira Qodirova 23 sentabr oqşomida Turkiya parlamentariysi Şirin Unalning Anqaradagi uyida röy bergan noma'lum hodisa oqibatida vafot etgan edi. U deputatning xonadonida taxminan bir yildan buyon oqsoç bölib işlab kelgan.
«Hammamizning ham uyimizda xizmatçilar işlaşi mumkin. Masalan, mening uyimda ham oqsoçlar bor. Hozir xonadonimda şunga öxşaş narsa röy berişidan qörqib qolganman. Alloh saqlasin!
Bu jarayonga jamoatçilik yoki ba'zi doiralar tomonidan boşqaça tus berişga urinişlar bölyapti. Men bu voqeani imkon qadar kuzatib boryapman. Hodisa röy berganidan 5 daqiqa ötib menga xabar yetib kelgan, men zudlik bilan Anqara politsiyasi boşliğini jönatgan edim. Politsiya boşliği 9 daqiqada u yerga yetib borgan, uning ortidan tez tibbiy yordam kelgan. Ular qulfloğliq eşikni oçib kirişgan.
«U özini öldirmagan, uni öldirişgan» degan gaplar yuribdi. Bularning hammasi yolğon. Şov-şuvlarning hammasi deputatning ismi bilan boğliq.

Bu yerda adolatni qaror toptirişdan ham taşqari vijdon va insoniylik mas'uliyati ham bor. Jinoyat ehtimoli bölgan barça holatlarda qanday yöl tutilsa, bu vaziyatda ham xuddi şunday qilingan. Prokuratura tegişli bayonot bilan çiqdi. Sud-tibbiy ekspertizasi ham qilingan, tegişli namunalar olingan.
Bu kabi holatlarda OAVning ba'zi qismi tuşkun ahvolda qolgan oilalarga bosim ötkazadi. Körib turibman, Qodirovaning oila a'zolari ayni mana şu hissiyot ta'sirida fikr bildiryapti. Işoning, ayni paytda barça huquqiy jarayonlar talab darajasida ketmoqda», degan vazirning sözlarini keltirdi «Jumhuriyat» naşri.
Qodirova oilasining advokati işni topşirdi
Turkiya Avvalo ayollar va bolalar assotsiatsiyasi rahbari, huquqşunos Mujde Tozbey-Erden mazkur iş doirasida Nodira Qodirova oilasining advokati bölişdan voz keçganini e'lon qildi.



















