Ayrim sabablarga köra «Özbekkonsert» tomonidan litsenziyasi muddatidan oldin töxtatilgan san'atkorlar Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov, Şahlo Ahmedova va Halima Ibragimovaga ijodiy faoliyatini davom ettiriş uçun ruxsat berildi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, çorşanba kuni «Özbekkonsert»da bölib ötgan navbatdan taşqari yiğilişda şunday qarorga kelingan.

«Ular bundan buyon öz ijodlarini rivojlantiriş va xalqimizga astoydil xizmat qilişlarini ma'lum qilganliklari sabab ularning vaqtinça olib qöyilgan va tugatilgan litsenziyalarini qaytarganligimizni ma'lum qilamiz», – dedi muassasa direktori Odiljon Abduqahhorov.

«Özbekiston Respublikasi prezidentining san'at ahliga bölgan ğamxörliklari, keçirimliligi hamda e'tibori soha xodimlariga bemisl kuç-ğayrat baxş etadi. Bunday e'tiborga asl san'at namunalarini yaratiş, xalqimizga astoydil xizmat qiliş bilangina javob qaytarişimiz lozim», – deb qöşimça qildi u.

Abduqahhorov öz sözida «Özbekistonda inson huquqlarini himoya qiliş, fuqarolar murojaatlarini joyida örganib, muammolariga yeçimi topiş va xalqni rozi qiliş uçun keng kölamli işlar» qilinayotganini, özi rahbarlik qilayotgan muassasa ham «bu islohotlardan töliq xulosa çiqargan holda, öz faoliyatini ana şunday prinsiplar asosida olib borayotgani»ni ham ta'kidlab ötdi.

Eslatib ötamiz, xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi ikki kun oldin, 14 oktyabrda tugatilgan edi. «Özbekkonsert»ning bu haqdagi bayonotida Otajonov «özining ma'naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bölgan nomunosib harakatlari orqali muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-şartlarini muntazam ravişda buzib kelgani» aytilgandi. Davlat muassasasining bu qaror va bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda qizğin muhokamalarni keltirib çiqardi.

Xonanda Abdulla Qurbonov esa şu yil may oyida, qiziqçi Halima Ibragimova fevralda litsenziyasidan mahrum bölgandi.