Sönggi oylarda firibgarlikda gumon qilinayotgan bir neçta firma jamoatçilik diqqat markazida bölib turibdi. Bunday firmalar nafaqat ularga işongan mijozlarga, balki bu sohada faoliyat yuritayotgan boşqa tadbirkorlarga ham zarar yetkazişi hollari kuzatilyapti.

Bir neça kun muqaddam «Straus House» MÇJ ta'sisçisi Ibrohim Isroilov qamoqqa olingani va u mijozlar pullarini nimalarga sarflagani haqida içki işlar tergov departamenti tomonidan ma'lumot berilgan edi. Bu işlar ortidan tuyaquşçilik biznesi bilan şuğullanayotgan boşqa tadbirkorlar ham zarar körayotgani, mijozlar ularni ham firibgar deb körayotganini aytib murojaat qilişdi. Biz ularning faoliyatiga nazar taşlaşga qaror qildik.

Dastavval, tuyaquşlarni uy şaroitida boqiş va köpaytirişni yölga qöygan va bu borada öziga xos muvaffaqiyatlarga erişa olgan Namangan viloyati, Chust tumanidagi «Straus farm Chust» MÇJ faoliyatini közdan keçirdik.

«Faoliyatimizni boşlaganimizga köp vaqt bölmadi. Ötgan yili Riştondagi fermadan 36ta tuyaquş jöjalarini sotib olib iş boşlagan edim. Tuyaquş boqişning sir-asrorlarini sekin-asta örgandik. Alohida ta'kidlaş lozimki, tuyaquş juda ham tez ösadigan jonivor ekan. Qiziqişim juda ham ortib ketdi. Hozirda 21 dona ona tuyaquş va 300ga yaqin jöjalarim bor. Xaridorlar jöjaxonamizga kirib, tanlab olib ketaverişadi», deydi jamiyat ta'sisçisi Şavkat Ğoyibnazarov.

Uşbu tadbirkor bilan suhbatimiz savol-javob tarzda keçdi.

– Tarqalgan miş-mişlarga köra, bu jonivor juda ham nozik bölar ekan. Siz bunday fikrlarga qanday munosabatdasiz?

– Menimça, tuyaquş eng baquvvat jonzot bölsa kerak. Immuniteti juda kuçli böladi. Yoşi kattalariga, hattoki jöjalariga ham heç qanday vaksina, antibiotik işlatmaymiz. Jöja vaqtida yoş organizm deb, ozroq şamollaşining oldi olinadi, vitaminlar beriladi. Lekin bu dori sifatida emas. Sabzavotlardan sabzi, piyoz, karam, höl beda beramiz. Bularga şaroit yaxşi bölsa, ölmaydi. Parrandalar içida eng baquvvati tuyaquş deyiş mumkin.