Siyosiy partiyalar vakillari iştirokida suratga olinayotgan «Demokratik debat» tok-şousining 10 dekabr kungi sonida Içki va taşqi migratsiya, xususan, mehnat muhofazasi, huquqiy himoya va migrantlarning pensiya ta'minoti masalalari muhokama qilindi.
Unda Xalq demokratik partiyasi vakili sifatida sözga çiqqan Boymurod Yusupov mamlakat yoşlari içida migrantlar sonining oşib borişini ötgan davrda ta'lim tizimi uçun tanlangan milliy dasturning xato bölgani bilan izohladi.
«Ta'lim uçun tanlangan dastur xato edi. Buning uçun davlatning milliardlab puli ketdi. Natijada uç yil kollejda öqigan bolani ota-ona majbur böldiki, 3 oylik kurslarda qayta öqitişga.
Davlatning şunça katta mablaği sarflanib, 3 yilda berilmagan bilimni 3 oyda xususiy kurslar berardi.
Özingizga savol bering, bugungi kunda Özbekistonda qançadan-qança ilmiy işlar yozilib, doktorlik dissertatsiyalari yoqlanadi. Lekin ularning qançasi sanoat, işlab çiqariş va hayotga tatbiq qilinayapti? Demak bu töğridan-töğri ta'lim bilan boğliq. Agar mana şu ilmiy yangiliklar tahlil qilinganda edi, biz intellektual salohiyatli davlatlari qatorida bölardik», deya Boymurod Yusupovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Şerzod Qudratxöjayev siyosiy partiyalarning saylovoldi taşviqoti jarayoniga e'tiborsizligini tanqid qilarkan, Özbekiston 25 yil davomida partiyasizlik şaroitida yaşaganini ta'kidlagan edi.

















