U buning örniga maktablarda umumiy harbiy ta'lim berilişi, öqişni bitirayotganda boşlanğiç harbiy tayyorgarlikdan ötgani haqida ma'lumot yoki hujjat berilsa, bir oylik harbiy xizmatning keragi bölmasligini ta'kidladi.

«MPR [safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat – tahr]ni bosqiçma-bosqiç yöq qiliş kerak. Uning örniga maktablarda umumiy harbiy ta'lim beriş kerak. Bu borada dasturlar bor, maktablarda dars berib kelinadi. Masalan, 10 sinfda umumiy harbiy ta'lim beriş kerak hammaga. Qizlargayam, öğil bolalargayam, soğigayam, nosoğlomigayam.

11 sinfga ötgan öquvçilarning içidan harbiy xizmatga loyiqlarini tanlab oliş kerak. Bitta maktabdan çiqsa, öttizta bola çiqadi harbiy xizmatga. Balki yigirmata çiqar. Şularning öziga nazariy dars ötib, şuğullantirib, ta'til vaqtida harbiy qism biriktirib qöyilsa, öqişni bitirayotganda boşlanğiç harbiy tayyorgarlikdan ötgani haqida ma'lumot yoki hujjat berilsa böldi, MPRning keragi yöq. Agar şundayam ertaga özi xohlab armiyaga boraman desa boraversin, öqişga kiraman desa kiraversin. Lekin armiyaga bormaydiganlarga yöl oçiladi. Bundan xalqqa foyda böladi. Baribir bugun ikki milliondan köproq odam armiyaga borolmayapti. Armiyaga boray desa olmaysizlar, MPRgayam ötkazmaysizlar», dedi Farrux Dadaxöjayev 13 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirma beşinçi yalpi majlisi oldidan parlament yuqori palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasida ötkazilgan yiğilişda.

Qömita raisi safarbarlik çaqiruvi rezerviga oid qonun hujjatlarining ijro etilişi hamda yoşlarni çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarligi holati yuzasidan boş vazirga parlament sörovi yuborilgani, biroq berilgan javob qoniqarli bölmaganini aytib ötdi.

«Oçiğini aytganda, bu masala böyiça berilgan javob bizni qoniqtirmadi. Boş vazir imzo çekkan javob xatida biz bergan taklifdan özini olib qoçiş bölgan. Afsus, şuni oxiriga yetkazolmadim, bu mening kamçiligim böldi. Oxiriga yetkazsam bölardi, çunki har yili ikki milliondan oşiq yoşlarimiz armiyaga borolmasdan qolib ketyapti. Mudofaa vazirligi ularni safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmat bilan ham qamrab ololmaydi, muddatli harbiy xizmatgayam ololmaydi, çunki şartnoma böyiça harbiy xizmatçilar köpayib ketmoqda. Menimça, yana ön yildan keyin armiyadagilarning 90 foizini «kontraknik»lar taşkil qilsa kerak», deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq Farrux Dadaxöjayev yöllardagi patrul postlari faoliyatini tanqid qilib, «har bitta patrul posti — kriminalning uyasi» deb aytgan edi.