Özbekiston energetika vaziri Alişer Sultonov «ReNOVA» kompaniyalari guruhi direktorlar kengaşining raisi, «Skolkovo» Fondi direktorlar kengaşi raisi Viktor Vekselberg boşçiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.
Vazirlik matbuot xizmatiga köra, delegatsiya tarkibidan «Xevel», «KompleksProm» AJ, «ROTeK» AJ, «Gruppa Orgsintez» AJ, «Ximprom» OTAJ, «Tsifra» MÇJ kompaniyalari guruhi rahbariyati ham joy olgan.
Muzokaralar davomida «Raqamli konlar» platformasi negizida uglevodorodlarni özlaştiriş samaradorligini oşiriş böyiça milliy markaz yaratiş, Özbekistonda qayta tiklanuvçi va muqobil energiya sohasida hamda zarur texnologiyalarni yetkazib beriş kabi yönalişlarda hamkorlik qiliş istiqbollari muhokama qilindi.

«ReNOVA» kompaniyalari guruhi örnatilgan quvvati 14 GVt.ga teng Rossiyadagi yirik xususiy elektr energiyasi işlab çiqaruvçi bölib, mamlakatning 20 ta hududida faoliyat körsatadi. Mazkur kompaniya Rossiyada elektr energetikasini qayta quriş va bozorni şakllantirişning barça bosqiçlarini bosib ötdi, şu boisdan Rossiya tomoni tajriba almaşiş, şuningdek, Özbekistondagi loyihalarda iştirok etiş, quyoş elektr stansiyalari quriş böyiça ötkazilayotgan tenderlarda qatnaşiş, qolaversa, Özbekistonda quyoş batareyalarini birgalikda işlab çiqarişni taşkil etiş, keyinçalik respublikada amalga oşirilayotgan loyihalarda ulardan foydalaniş imkoniyatlarini körib çiqişni taklif etdi.
Energetika vazirligi mamlakatning energetika sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar va xalqaro maslahatçilar bilan hamkorlikda tayyorlangan sohani rivojlantiriş konsepsiyasi töğrisida ma'lumot berdi va tabiiy gazni çuqur qayta işlaşga va yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlar bilan işlab çiqarişni diversifikatsiyalaşga, xususan, töqimaçilik sanoati uçun polimer va sintetik tolalar işlab çiqarişni taşkil etişga qiziqiş bildirdi.
Rossiya tomoni öz texnologiyalari va işlab çiqariş jarayonlari bilan bevosita joyida tanişiş uçun Özbekistonlik mutaxassislarni Rossiya Federatsiyasiga taklif etib, şu munosabat bilan qöşma işçi guruhi tuziş va yuqorida ta'kidlangan sohalarda Rossiya kompaniyalarining tajribasi bilan tanişiş va ularni örganiş uçun tegişli obektlarga taşrif buyuriş taşabbusini ilgari surdi.

















