«Bu odam yuz bergan voqea ortidan vijdoni kötarmasdan iste'fo berib yubordi», deya içki işlar vaziri matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qaşqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati ham Samad Turdiyev öz taşabbusi bilan iste'foga çiqqanini tasdiqladi.

Ma'lumot uçun, Samad Turdiyev 2017 yilning iyunida Qaşqadaryo viloyati IIB boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi. Bunga qadar u 2015 yil fevralidan Kitob tumani IIB boşliği bölgan. U 2018 yilning martida podpolkovnik darajasiga kötarilgandi.

26 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumani Langar qişloğida yaşovçi 32 yoşli erkak Yu.A 22 yanvar kuni yaşaş uyidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgani, 23 yanvar kuni esa IIBdan uning murdasi çiqqani haqida xabarlar tarqalgandi. 

27 yanvar kuni viloyat prokuraturasi mazkur holat yuzasidan 23 yanvar kuni Çiroqçi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi («Mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş») va boşqa moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harkatlari olib borilayotganini ma'lum qildi.

«Daryo» muxbiri marhumning yaqinlari bilan, şuningdek, öşa kuni Yu.A bilan birga tergov qiliş uçun olib borilib, qiynoqqa solingan ota-bola Qurbon Ostonoyev va Bahrom Avliyoqulov bilan ham gaplaşgan. Ularning barçasi Yu.A şafqatsizlik bilan kaltaklanganini ta'kidlaşgan, IIB xodimlari qotillikni yaşiriş uçun guvohlarning oğzini yopişga uringani haqida aytib berişgandi.