2020 yilning yanvar oyida Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanining Langar qişloğida yaşovçi fuqaro çorva mollari öğirligida gumon qilinib, tuman IIB xodimlari tomonidan qattiq kaltaklanişi oqibatida vafot etgan edi.
Oliy sud matbuot xizmati xabariga köra, sudlanuvçilar N. Ovlayev (1989 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB boşliği lavozimida işlagan), A. Janqabilov (1985 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida işlagan), Ş. Rahmonov (1978 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida işlagan), A. Tojinorov (1994 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida işlagan) va B. Ğayratov (1995 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida işlagan)ga nisbatan sud hukmi e'lon qilindi.
Uşbu jinoyat işi Özbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi K. Tolliboyev raisligida hamda sudyalar E. Ergaşev va R. Orziqulovdan iborat sud tarkibida körib çiqildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atining 2020 yil 21 sentyabrdagi hukmiga köra:
N. Ovlayev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 241-1-moddasi (jinoyatni hisobga olişdan qasddan yaşiriş) 2-qismi “a”, “b” bandlari, 234-moddasi (qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) 3-qismi va 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga ötaş uçun uzil-kesil 2 yil 6 oy içki işlar idoralarida hamda boşqa mansabdorlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, 9 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
A. Janqabilov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga ötaş uçun uzil-kesil 2 yil içki işlar idoralarida hamda boşqa mansabdorlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Ş. Rahmonov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan aybsiz deb topilib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 3-bandiga asosan oqlandi. Ş. Rahmonovning harakatlari Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismidan şu moddaning 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlariga qayta kvalifikatsiya qilindi. Ş. Rahmonov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 241-1-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 234-moddasi 1-qismi va 235-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga ötaş uçun uzil-kesil 2 yil içki işlar idoralarida hamda boşqa mansabdorlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

















