«Şu kunlarda internet naşrlarida Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida sodir bölgan voqea böyiça «Uçastkavoylaringni qutqarib qolsalaring, urgani yöq desalaring, rozi qiladi» sarlavhasi ostida e'lon qilingan xabar ijtimoiy tarmoqlarda hamda jamoatçilik orasida keng muhokama qilinmoqda.

Uşbu xabarda Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida öğirlikda gumonlangan 32 yoşli fuqaro Yu.A.ni kaltaklab öldirgan IIB xodimlari öz qilmişlarini yaşirişga urinişganligi, şuningdek, marhum Yu.A. bilan birga ota-bola – Qurbon Ostonoyev va Bahrom Avliyoqulov ham ayovsiz kaltaklanganligi keltirilgan.    

Mazkur holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tuman IIB xodimlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari Özbekiston Respublikasi Boş prokurori tomonidan nazoratga olindi.

Içki işlar vazirligiga içki işlar organlari xodimlarining xizmat vizifalari qonun asosida bajarilişini taşkil qiliş, huquqbuzarliklarga yöl qöymaslik çora-tadbirlarini kuçaytiriş topşirildi. 

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi mamlakatimizda har qanday körinişdagi jinoyatlarga nisbatan murosa qilib bölmasligini ta'kidlaydi», deyiladi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati xabarida.

26 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida yaşovçi 32 yoşli erkak Yu.A 22 yanvar kuni yaşaş uyidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgani, 23 yanvar kuni esa IIBdan uning murdasi çiqqani haqida xabarlar tarqalgandi. 

27 yanvar kuni viloyat prokuraturasi mazkur holat yuzasidan 23 yanvar kuni Çiroqçi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi («Mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş») va boşqa moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harkatlari olib borilayotganini ma'lum qildi.

«Daryo» muxbiri marhumning yaqinlari bilan, şuningdek, öşa kuni Yu.A bilan birga tergov qiliş uçun olib borilib, qiynoqqa solingan ota-bola Qurbon Ostonoyev va Bahrom Avliyoqulov bilan ham gaplaşgan. Ularning barçasi Yu.A şafqatsizlik bilan kaltaklanganini ta'kidlaşgan, IIB xodimlari qotillikni yaşiriş uçun guvohlarning oğzini yopişga uringani haqida