Ingliz tilini endi örgana boşlaganlar darsliklardagi dialoglarda bir holatga köp duç keladi: inglizlar uçun ob-havo – favqulodda muhim mavzu.

Ayrim tadqiqotlarning körsatişiça, har 10 britaniyalikdan 9 nafardan köproği (94 foizi) oxirgi 6 soat davomida kamida bir marta ob-havo mavzusida gaplaşgan böladi. Boşqa bir ma'lumotga köra, Buyuk Britaniya aholisining deyarli 70 foizi kuniga heç bölmaganda bir marta kutilayotgan ob-havo ma'lumotiga köz taşlaydi.

2018 yilda ötkazilgan tadqiqotlar bundan ham hayratlanarli natijani körsatgan: örtaça britaniyalik umrining tört yarim oyini ob-havo mavzusida gaplaşiş bilan ötkazadi...

Çetdan qaraganda, ğayritabiiy. Ba'zan haqiqatan ham bu mavzuga «mukkasidan ketganliklari»ni (obsessed) inglizlarning özlari ham tan olişadi. Lekin Buyuk Britaniyaga safarimiz davomida bu bejiz emasligini anglab yetdik.

Siz bir neça kunlab quyoşni mutlaqo körmaslik qanaqa bölişini tasavvur qila olasizmi? Öşa bir neça kunlik kulrang keçmişdan keyin birdan quyoş çaraqlab çiqsa, kayfiyatingiz qançalar kötarilişini-çi?

Quyida qişning ana şunday kamyob quyoşli kunlaridan birida, tarixiy öziga xosligini saqlab qolgan zamonaviy Londondan Kun.uz obektiviga tuşgan suratlar jamlanmasini keltirib ötamiz.

London hududi jihatdan Toşkentdan 4,5 barobarga katta. Aholisi 9 milliondan ortiq
Çap tomonlama harakatlaniş Buyuk Britaniyadan taşqari Yevropada Irlandiya, Kipr va Maltada saqlanib qolgan. Dunyo böyiça bunday mamlakatlar soni 70dan oşadi.