«Jazoni ijro etiş muassasalari faoliyatini isloh qiliş uçun uning qaysi taşkilotning tasarrufida bölişi ahamiyatsiz. Boşqa davlatlar tajribasini köradigan bölsak, JIEM xuddi bizdagidek IIV tarkibida faoliyat yuritadigan modellar ham bor. Bu muasssasalar Adliya vazirligi qoşida işlayotgan modellar ham bor, Tojikiston, Rossiya, umuman, köp joyda şunaqa», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirdan dastlabki suriştiruv yoki tergov bilan ham, izolyatorda saqlaş bilan ham, jazoni ijro etiş muassasasida saqlaş bilan ham bitta organ şuğullanişi köp hollarda manfaatlar töqnaşuviga sabab bölib qolayotgani, özini tiyib turiş muvozanati buzilayotgani, gumonlanuvçilarni qiynoqqa soliş holatlari uçrayotgani, şu ma'noda JIEM adliya tizimiga ötkazilsa, tergov va boşqa jarayonlarda inson huquqlari buzilişining oldi olinişi haqida söraldi.

«Buning ustidan nazorat bor. Prokuror nazorati bor, jamoatçilik nazorati bor. Prezident qarorining preambulasida şu sohadagi muammolar, qiynoqlar masalasi alohida qayd etib ötildi – bu heç qaçon bölmagan narsa.

Qolaversa, jazoni ijro etiş muassasalari tizimida ham islohotlar yuz berdi. Bu tizim muammosiz bölgan biror bir davlatni aytolmayman. Siz aytayotgan manfaatlar töqnaşuvi bölmagan davlatlardayam muammolar bölyapti-ku? Bu tuzilma qaysi davlat organining qoşida bölişidan qat'i nazar uni isloh qiliş mumkin. Şu sababli JIEMni adliyaga oliş niyatimiz yöq», deya ta'kidladi Ruslanbek Davletov.

Vazir jazoni ijro etiş, tergov va hibsxonalarda qonunbuziliş holatlarini nazorat qiladigan tizim mavjud ekani, şu bois bu borada ortiqça xavotirlarga örin yöqligini ta'kidladi.

Eslatib ötamiz, Ruslanbek Davletov «Yangi Özbekiston – yangi saylovlar» munozara klubining sessiyada ham jazoni ijro etiş muassasalarining Adliya vazirligi tizimiga ötkaziliş ehtimoli haqida fikr bildirgan edi.