Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer şahar bölimi tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. «MAVIC PRO» nomli dronni xaridorga 750 AQŞ dollariga sotgan vaqtida qölga olindi.

Boş prokuratura axborot xizmatidan ma'lum qilişlariça, uçuvçisiz uçadigan apparat aşyoviy dalil sifatida olingan va X.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-4-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Bu moddaga asosan, uçuvçisiz uçadigan apparatlarni qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş taqiqlangan. 244-4-moddaning barça qismlari sanksiyasi ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq.

Ötgan hafta Toşkent viloyatida drondan foydalanib videolavha olmoqçi bölgan uç kişi qölga olingan edi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uçun jinoiy javobgarlik bundan bir yil oldin belgilangan.