Mustaqillikning ilk yillarida Şakarjon Xöjaniyozova – Xorazm viloyati Boğot tumani, Rahimaxon Hakimova – Samarqand viloyati Samarqand tumani, Tohiraxon Marizayeva – Namangan viloyati Kosonsoy tumanida hokimi sifatida iş olib borgan.

Prezident akademiyasi tinglovçilari, 1996 yil. Örtadagi ikki ayol – Manzuraxon Egamova (öngda) Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi; Şakarjon Xöjaniyozova (çapda) – Xorazm viloyati Boğot tumani hokimi bölgan.
Foto: Manzuraxon Egamova arxivi / Kun.uz
Tohiraxon Marizayeva (öngda) Kosonsoy tumani hokimi bölgan.
Foto: Manzuraxon Egamova arxivi / Kun.uz

Şundan söng köp vaqt davomida tumanlarning birinçi rahbari sifatida ayollar iş olib bormadi.

Şu yilning fevral oyiga kelib, ayollar hokimlik lavozimiga qayta boşlaşdi. Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida Dilfuza Uralova, Buxoro viloyati Olot tumanida Nargiza Ne'matova tuman hokimi sifatida iş boşladi.

Nozik hilqat vakilalari uçun mas'uliyatli vazifada işlaşning öziga xos jihatlari haqida suhbatlaşiş uçun Jalaquduq tumaniga borib, Manzuraxon aya bilan suhbatlaşdik.

Ma'lumot uçun, Manzuraxon Egamova tuman hokimi bölguniga qadar 1971 yildan turli sohalarda – paxtaçilik brigadasi boşliği, kolxoz kasaba qömitasi raisi, kolxoz agronomi, Böz tumani ijroiya qömitasi raisi, Jalaquduq tuman ideologiya bölimi kotibi, Jalaquduq tumani ijroiya qömitasi raisi, Jalaquduq tumani hokimining 1-örinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.

1993 yil 17 yanvardan to 2005 yil 19 maygaça Jalaquduq tumani hokimi bölib işlagan.