Erdo‘g‘an Moskvada. Tarixiy sammit boshlandi
Moskvaga Turkiya prezidenti bilan birga mamlakat ichki va tashqi ishlar, g‘azna va moliya vazirlari hamda milliy razvedka tashkiloti rahbari kelgan.

Foto: Mixail Metsel/TASS
Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuv avvalida Rossiya rahbari Suriyada turk harbiylarining halok bo‘lgani munosabati bilan ta'ziya bildirdi va Idlibdagi vaziyat bevosita muloqotni talab qilishini aytdi:
«Har doimgidek, bizning kun tartibimiz juda qizg‘in. Qolaversa, so‘nggi kunlarda Idlib viloyatida sodir bo‘lgan voqealar rivojida shaxsan uchrashishimizni talab qiladigan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
So‘zim avvalida askarlaringiz Suriyada hayotdan ko‘z yumgan uchun hamdardlik bildirmoqchiman. Har bir insonning o‘limi – bu falokat. Telefon qo‘ng‘irog‘imda ham aytib o‘tganimdek, Idlibdagi suriyalik askarlar u yerda turk harbiylari borligini bilishmagan. Qolaversa, ular ham yo‘qotishga uchragan. Haqiqatan ham, Suriya armiyasida jiddiy yo‘qotishlar bor.
Bu kabi voqealarning takrorlanishi ikkimiz alohida ahamiyat qaratgan Rossiya-Turkiya munosabatlariga zarar bermasligi uchun ham barcha masalalarni bafurja ko‘rib chiqishga ehtiyoj bor.
Erdo‘g‘an bilan muzokaralarimiz yakkama-yakka yopiq shaklda o‘tadi va keyinchalik delegatsiyalarimiz bizga qo‘shiladi».
Erdo‘g‘an o‘z navbatida, asosiy vazifa Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish ekanligini aytdi.
«Aslida, bu uchrashuvni Turkiyada o‘tkazmoqchi edik, sizning bu yerda konstitutsiyaviy o‘zgarishlar bo‘yicha ishlayotganingiz sabab taklifingizni qabul qildik.
Shubhasiz, Idlib muzokaralari munosabati bilan o‘tkaziladigan bugungi uchrashuvimiz katta ahamiyatga ega. Darhaqiqat, hozir Idlibda vaziyat juda keskin. Dunyoning nigohi hozir shu yerda ekanligini bilaman. Bugun qo‘yadigan qadamimiz, qabul qiladigan qarorlarimiz mintaqani ham, mamlakatlarimizni ham xotirjam qiladi.
Turkiya-Rossiya munosabatlari haddi a'loga ko‘tarilgan davrni yashayapmiz. Mudofaa sanoati va savdo aloqalarimiz ham ayricha farqqa ega bo‘lgan zamondamiz. Biz ularni yanada rivojlantirish mumkinligi borasidagi hisobimizni yurityapmiz. Va albatta, aloqalarni kuchaytirish eng katta maqsadimizdir. Ishonamanki, biz bunga erishamiz».
Moskvaga tashrifi oldidan Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vladimir Putin bilan muzokaralardan so‘ng Idlibda o‘t ochish to‘xtatilishini kutayotganini aytgandi.
Moskvaga Turkiya prezidenti bilan birga mamlakat ichki va tashqi ishlar, g‘azna va moliya vazirlari hamda milliy razvedka tashkiloti rahbari kelgan.
Rejaga ko‘ra, Erdo‘g‘an va Putin yakka holda 1 soat, delegatsiyalar tarkibida esa 1 yarim soat uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Biroq belgilangan mazkur muddatning cho‘zilib ketish ehtimoli yuqori.
Mavzuga oid

13:49
Erdo‘g‘an Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi bo‘yicha «burilish nuqtasi» haqida e’lon qildi

08:11
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak

16:31 / 11.05.2025
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?

07:45 / 11.05.2025