Koronavirus: Moskvada yuqori şaylik rejimi, Sankt-Peterburgda talabalar karantinda
Qaysi tovarlarga talab katta? Va nima yetmay qolişi mumkin?
Tibbiy niqoblar

Vaholanki, şifokorlar tibbiy niqoblarning virusdan deyarli himoyalay olmasligini ta'kidlayotgan bölişsa-da, ularga bölgan talab haddan oşib bormoqda. Bir qator dorixona, dökonlarda va hattoki Amazon’da ham mahsulotlar yetkazib berilişida uzilişlar kuzatilmoqda.
«Odamlar niqobga tilla misoli talpinişmoqda», deydi Braziliya niqob işlab çiqaruvçi kompaniyasi rahbari Migel Luis Griçeno Reyter agentligiga. Uning kompaniyasi şoşilinç ravişda işlab çiqariş hajmini ikki baravar oşirgan.
Uşbu jön mahsulotga nisbatan bu qadar talab bir neça davlat rasmiylari tibbiyot xodimlari uçun zaxira yarata boşlaganidan söng ortib ketdi: bemorlar bilan işlaş jarayonida şifokorlar infeksiyani yuqtiriş xavfiga hammadan köproq duç kelişadi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ta'kidlaşiça, dunyo böylab yuqumli kasallikka qarşi kuraşiş uçun şifokor va hamşiralarga juda köp miqdordagi niqoblar kerak böladi — 8 million dona. Bundan taşqari, 76 million juft elastik qölqop va 1,6 million himoyalovçi közoynak.
«Uşbu juda zarur iş qurollarining yetişmasligi şifokor va hamşiralar uçun xavf tuğdirişi mumkin», deya ogohlantirgan JSST Boş direktori Tedros Adhan Gebreyyesus.

Kasallikka çaliniş holati böyiça Xitoydan keyin ikkinçi örinda turgan Janubiy Koreyada (6593 bemor va 42 qurbon) hukumat niqob işlab çiqariş kölamini oşiriş çoralarini körmoqda. Ularni çet elga olib çiqib ketiş taqiqlanadi, har bir xaridor haftasiga faqat ikkita niqob sotib olişi mumkin.





















