Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov 7 mart kuni Qaşqadaryo viloyati IIB mas'ullari bilan yiğiliş ötkazdi.

Yiğiliş vaqtida Çiroqçi tumanida IIB binosida tergov qilingan fuqaro vafot etişi voqeasi muhokama qilingan va tuman boşliği Fazliddin Yusupov hamda uning 4 nafar örinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib ötamiz, 2020 yilning 23 yanvarida Çiroqçi tumanida mol öğirlaşda gumon qilingan 32 yoşli Yu.A IIB xodimlari tomonidan kaltaklanişi oqibatida vafot etgandi. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi oçilib, ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingani haqida xabar berildi. Keyinroq IIB xodimlarining 13 nafari uşbu iş doirasida tergov jarayoniga jalb qilingani ma'lum ma'lum qilingandi.

Avvalroq mazkur voqea sabab viloyat IIB boşliği örinbosari Samad Turdiyev işdan ketgandi.