Uning sözlariga köra, bugun Janubiy Koreyadan charter reys bilan Özbekistonning 250 nafar fuqarosi olib kelinadi. Ular Toşkent viloyatidagi «Energetik», «Böston» va «Çotqol» sanatoriylariga joylaştiriladi.
Şodmonov ular bemor emasligi, faqatgina boşqalar bilan muloqot qilmasligi uçun izolyatsiyada bölişlarini ta'kidladi. Vazir karantindagilar uçun sanatoriyda barça şaroitlar yaratilgani, tibbiyot xodimlari ularni kuzatib borişi, laborator tekşiruvlar ötkazilişi hamda 14 kundan söng ularga javob berilişini bildirdi.
Eslatib ötamiz, bugun, 15 mart kuni Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi Özbekistonda koronavirus bilan zararlangan ilk bemor aniqlangani töğrisida ma'lumot berdi.
Koronavirus aniqlangan bemor, u bilan birga «Parij-Toşkent» reysi orqali uçib kelgan yölovçilar, bemorning oila a'zolari, hamkasblari, u bilan kontaktda bölganlar – 150ga yaqin kişi izolyatsiyaga olingan.
16 martdan Özbekistonning çet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari töxtatiladi. Endilikda Özbekiston fuqarolarining çet davlatlarga çiqişi, çet davlat fuqarolarining Özbekistonga kirişi taqiqlanadi. Çet davlatlarda qolgan özbekistonliklarning qaytişi uçun charter reyslar taşkil etilişi mumkin, xorijdan qaytarilganlarning barçasi karantinga joylaştiriladi.


















