Hozirça yoqilği narxi neça sömga arzonlaşi ma'lum emas. Manbalardan biri taxminan 300 sömgaça arzonlaşi mumkinligini bildirgan, ammo bu hali aniq emas. Narx qançaga arzonlaşi birja savdolari natijasiga boğliq bölib turibdi.

Benzin narxidagi özgarişlar ertaga rasman e'lon qilinişi kutilmoqda. Dizel va boşqa turdagi yoqilğilar narxida özgariş böliş-bölmasligi ma'lum emas.

Ma'lumot uçun, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida respublikada avtomobil benzini işlab çiqariş hajmi 2019 yilning şu davriga nisbatan sezilarli köpaygan: 2019 yilning şu davrida 151,6 ming tonna, 2020 yilda esa 190,3 ming tonna benzin işlab çiqarilgan.

Şuningdek, dizel yoqilğisini işlab çiqariş hajmida ham ösiş kuzatilgan: 2019 yilning dastlabki ikki oyida 169,8 ming tonna dizel işlab çiqarilgan bölsa, 2020 yilda bu körsatkiç 195,9 ming tonnani taşkil etgan.

«Özbekneftgaz» 1 martdan boşlab öz AYoQŞlaridagi dizel yoqilğisining narxini 7500 sömdan 7300 sömga arzonlaştirgan.

Avvalroq karantin tufayli AYoQŞlar yopilişi haqida tarqalgan gap-sözlarni birdaniga bir neçta taşkilot – Energetika vazirligi, «Özbekneftgaz», «Öztransgaz» va Toşkent şahar hokimligi rad etib çiqqan edi.