Eslatib ötamiz, ikki hafta oldin Ai-92 markali benzin narxi ham 200 sömga pasayib, 26 martdan 6000 söm qilib belgilangan edi.
Öşanda kompaniya xabarida boşqa markadagi benzin mahsulotlari narxlari ham bosqiçma-bosqiç kamaytirib borilişi aytilgandi.
Aprel oy boşida Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga soliş bekor qilinişi ma'lum böldi. Prezident qaroriga muvofiq, 1 maydan Ai-80 markali benzin va dizel yonilğisi birja savdolari orqali sotila boşlanadi.
Iqtisodçi Behzod Hoşimovning fikriça, yoqilği bozoriga kiriş uçun tösiqlar olinmas ekan, qöyilgan maqsadga erişiş qiyin böladi.
«Raqobat çeklanişi va bozorga yangi öyinçilar kirişini regulyatsiya qiliş narx uçun yaxşi iş bölmaydi. Benzin işlab çiqariş va sotişdan davlat batamom çiqib ketişini ta'minlaş kerak.
Agar bu bozorni töliq raqobatli va narx erkin belgilanadigan bozorga aylantirmasak, hozirgi narxlarni erkinlaştirişning ma'nosi qolmaydi», deb yozadi Hoşimov Telegram-kanalida.
Qöşimça qiliş joiz, sönggi bir oy davomida dizel yonilğisining narxi 500 sömga arzonlaşi kuzatildi.













