Unga köra, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan viloyatlararo, Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida harakatlaniş uçun berilgan maxsus ruxsatnomalar karantin tugaguniga qadar amal qiladi. Bunda maxsus ruxsatnomalarning amal qiliş muddatini uzaytiriş böyiça qöşimça harakatlar talab etilmaydi.
Qöşma qarorda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi 17-son bayoni bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar röyxatini amaliyotda qöllaş bilan boğliq turli tuşunmovçiliklarning oldini oliş maqsadida quyidagi avtotransport vositalari harakatlanişi uçun maxsus ruxsatnoma talab etilmasligi alohida körsatib ötildi:
– davlat soğliqni saqlaş tizimiga kiruvçi taşkilotlarning xizmat va xodimlarning şaxsiy avtotransport vositalari (1-band);
– xususiy tibbiyot taşkilotlari (xususiy klinika, dorixona va boşqa tibbiyot taşkilotlari)ning xizmat avtotransport vositalari (2-band);
– yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullaniş litsenziyasiga ega bölgan yönalişsiz taksilar (şu jumladan, şaxsiy davlat raqamli avtotransport vositalari) yölovçilarsiz, yetkazib beriş xizmati körsatiş maqsadida (4-band) harakatlanişi uçun maxsus ruxsatnoma (stiker) talab qilinmaydi.
Özbekistonda yirik quriliş obektlarida işlar davom ettirilişiga ruxsat beriladi


















